Styopa amaki — veteran

rus yozuvchisi va shoiri Sergey Mixalkov qalamiga mansub poema

„Styopa amaki — veteran“ (ruscha: Дядя Стёпа — ветеран) — rus yozuvchisi va shoiri Sergey Mixalkov qalamiga mansub poema. Ilk bor 1981-yil „Pravda“ gazetasida nashr qilingan. Oʻsha yili „Murzilka“ jurnalida ham chop etilgan. Alohida asar oʻlaroq 1982-yil Moskva shahrida „Detskaya literatura“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Styopa amaki — veteran

1939-yilgi multfilmda Styopa amaki obrazi
Asl nomi Дядя Стёпа — ветеран
Muallif(lar) Sergey Mixalkov
Til ruscha
Janr(lar)i poema
Nashr etilgan sanasi 1982

„Styopa amaki — veteran“ poemasi „Styopa amaki“ (1935), „Styopa amaki — militsioner“ (1954), „Styopa amaki va Yegor“ (1968) poemalari bilan birgalikda Mixalkov yaratgan Stepan Stepanov obrazi haqidagi toʻrt qismli poemalar toʻplamini tashkil etadi.

Poema kichik yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan. Asar oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar tahrir

  1. „Styopa amaki — veteran“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.

Havolalar tahrir