Subyektiv huquq
Subyektiv huquq - muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsning konkret huquqi. Masalan, xususiy mulk egasi oʻz mulkiga ega boʻlishi, undan foydalanishi va unga xoʻjayinlik qilishi hamda oʻz huquqini boshqa shaxslardan poymol qilmasliklarini talab etishi mumkin. Subyektiv huquq egasi zarur hollarda oʻz huquqini amalga oshirish va himoya qilish uchun davlat yordamidan foydalana oladi (mas, sudga murojaat qilishi mumkin). Himoya shakliga koʻra, Subyektiv huquq mutlaq va nisbiy Subyektiv huquqlarga boʻlinadi. Mutlaq Subyektiv huquqda Subyektiv huquq egasi nomaʼlum keng shaxslar guruhidan muayyan harakatni qilishni yoki qilmaslikni talab etishi mumkin. Nisbiy Subyektiv huquqda S.gʻ. egasining talabi faqat konkret shaxs yoki shaxslar guruhiga qaratilgan boʻladi (mas, kreditorning qarzdorga nisbatan boʻladigan munosabatdagi huquqi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |