Subhoniy — xalq, seleksiyasida chiqarilgan ertapishar serhosil mahalliy oʻrik navi. Daraxti kuchli usadi. Shoxshabbasi keng yoyilib usadi, 25— 30 yoshli daraxtining bal. 12 m ga boradi. Mevasi yirik, 40—50 g. Pusti tigʻiz, eti toʻq sariq, taʼmi nordonshirin, xushxur. Mevasi tarkibida 14— 18% kand, 0,6—1,2% kislota,, 20—25,7% quruq modsa, 23,8—26 mg% vitamin S bor, danagidan oson ajraladi. Danagi yirik (3 g gacha), magʻzi shirin. Pishgan, lekin terib olinmagan mevasi toʻkilmay daraxtning uzida turshakka aylanadi. Koʻchati oʻtqazilgach, 8—9yili hosilga kiradi, mevasi iyun oxiri — iyul boshlarida pishadi. 1520 yoshida tupidan 200—400 kg hosil olinadi, yaxshi parvarish kilinganda daraxti 50— 60 y. meva beradi. Nam yetarli yerlarda moʻl hosil qiladi. Mevasidan yuqori sifatli bargak olinadi (26% bargak tushadi), kompot, murabbo pishiriladi. Kasalliklarga chidamli nav. Asosan, Toshkent viloyati, Fargʻona vodiysida ekiladi.