Suborbital parvoz
Suborbital parvoz - kosmik uchish apparatining 1kosmik tezlik (7,91 km/s) dan kichik tezlikda, yaʼni Yer sunʼiy yoʻldoshi orbitasiga chiqmasdan ballistik trayektoriya boʻylab uchishi. Suborbital parvozdan maqsad — kosmik kemalarni sinab koʻrish, tibbiybiologik tadqiqotlar oʻtkazish va boshqa AQSH da 1960—61 yillarda astronavtlar "Merkuriy" dasturi boʻyicha 2 ta, SSSRda 1975-yilda kosmonavtlar "Soyuz" dasturi boʻyicha 1 ta Suborbital parvoz qilgan. Bu parvozda astronavtlar A. Shepard (1961-yil 5 may) va V. Grissom (1961-yil 21 iyul) boʻlgan. Suborbital parvozning oʻtish muddati — 15 va 16 min., uzokligi 486 va 504 km, bal. 186 va 189 km.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |