Sud hayʼati
Sud hayʼati (OʻzRda) — muayyan ishni koʻruvchi sud tarkibi. Jinoyat ishlari 1instansiya sudi tomonidan hayʼatda koʻrilganda sud tarkibiga sudya va 2 nafar xalq maslahatchisi kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi boskichda 3 nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chikddi. Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent sh. sudlarida Sud hayʼatilarida apellyasiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni koʻrish 3 nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov xayʼatlarida jinoyat ishlari apellyasiya va kassatsiya tartibida 5 nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi. Jinoyat ishini kurihda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari katnashadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida ishlarni koʻrib chikish va qarorlar qabul qilish kamida 4 sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, jinoyat ishlari boʻyicha sudlov qayʼati va harbiy hayʼat tarkibida ish olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari ishlarni 1instansiyada, apellyasiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi, sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, sud statistikasini tahlil qiladi, qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |