Sud ocherki. Sud jarayonida boʻlib oʻtgan voqea-hodisalar tafsiloti, ishning borishi, guvohlar bayoni, sabablari oqibatlari birma-bir bayon etiladi. Bu shunchaki sud maʼlumoti yoki tafsilot emas, balki unda oʻziga xos yondashuv, voqea hodisaga munosabat, shuningdek uning tahlili boʻlishi lozim. Sud ocherkining asosiy tarkibi: keltirilgan barcha maʼlumotlar faktlarga asoslanib, faktlar bilan boyitilgan boʻlishi lozim.