Sud tizimi
Sud tizimi — muayyan davlatdagi barcha sudlarning yigʻindisi; ular umumiy vazifani bajaradi, odil sudlovni amalga oshirishga doir munosabatlar bilan oʻzaro bogʻlangan boʻladi. St. boʻgʻinlarining har qaysisi vakolatlari bir xilda boʻlgan sudlardan tashkil topadi. Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagi sudlardan tashkil topgan: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari; fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent sh. sudlari; fuqarolik ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari; jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari; harbiy sudlar; (Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonunining 1moddasi). Oʻzbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. Sud — odil sudlovni amalga oshrishga haqli boʻlgan birdan – bir davlat hokimiyati organi.
O'zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi(Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 130-modda).[1]
Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo'l qo'yilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 131-modda).
Hamma sudlarda ishlar ochiq ko'riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga faqat qonunda belgilangan hollardagina yo'l qo'yiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 137-modda).
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi“ (2023-yil 30-aprel).