Sudan (arab. — kora tanlilar mamlakati) — Afrikadagi tabiiy oʻlka. Sahroi Kabirdan janubda. Atlantika okeani sohilidan Efiopiya togligigacha 5500 km ga choʻzilgan, eni 1000 km. taxminan 17° va 4—8° shu kabilar oraligʻida. Maydoni 5 mln. km² chamasida. S. tokembriy jinslaridan tuzilgan Afrika platformasida joylashgan; uning sineklizalari Niger daryosi oʻrta oqimi, Chad koʻli va Oq Nil daryosi botiklariga toʻgʻri keladi. Bal. 200–500 m. Botiklar oraligʻida kristalli jinslardan iborat. Jos, Darfur va Kordofan platolari, S.ning gʻarbida Senegambiya pasttekisligi bor. Eng baland joyi 3088 m. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Qishi quruq va issiq. Eng salqin oyining oʻrtacha temperaturasi 20—26°. Yezda jan.gʻarbiy musson shamollari esib yogʻin yogʻadi. Yogʻin miqdori shim.dan janubga 100 mm dan 2000 mm gacha ortib boradi. Yirik daryolari: Nil, Niger, Senegal, Shari, Gambiya va boshqa Eng katta kuli — Chad. Yogʻin miqdoriga qarab landshaft turlari ham har xil. S.ning aksari kismi savanna. Tuproqlari qizil ferralitli va alferritli hamda qizilqoʻngʻir tuproqlar. S.ni odatda 3 qism (Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy S.)ga boʻladilar. Oʻrta asrlar va keyingi davrlarda S. hududida Gana, Mali kabi yirik davlatlar mavjud boʻlgan. Hozir S. hududida Senegal, GvineyaBisau, Gambiya, Mali, Niger, Chad, Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Kamerun, Nigeriya, Togo, Gana, Kotd’Ivuar, BurkinaFaso, Gvineya, Benin davlatlari joylashgan.