Sudanlik qochqinlar inqirozi (2023)

2023-yilgi Sudanlik qochqinlar inqirozi Sudan Qurolli Kuchlari (SAF) va Harbiylashtirilgan Tezkor Kuchlar (RSF) oʻrtasidagi mojaro natijasida yuzaga kelgan.

Chaddagi sudanlik qochqinlar lageri, 2023-yil may

2023-yil 15-aprelda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) poytaxt Xartumdagi bir qancha Sudan armiyasi bazalariga kutilmagan hujum uyushtirgan[1][2]. Natijada, RSF kuchlari Xartum xalqaro aeroporti, Merowe aeroporti, El-Obeid aeroporti hamda Sobadagi bazani qoʻlga olgan. RSF va SAF oʻrtasida toʻqnashuvlar Prezident saroyi va general al-Burhon qarorgohida boshlangan va har ikki tomon ikki obyekt ustidan oʻz nazoratni daʼvo qilgan. Bunga javoban SAF mamlakatdagi barcha aeroportlarning yopilishini eʼlon qildi va Sudan havo kuchlari Xartumdagi RSF pozitsiyalariga havo hujumlarini uyushtirgan[3][4]. Mojarolar 2000-yillardagi ichki mojaro va genotsiddan keyin tiklangan Darfurga va Janubiy Sudan separatistik guruhlari qoldiqlari SAF yoki RSF bilan birlashgan Kordofan hududiga tarqalgan[5].

Tarixi

tahrir

2023-yilgi mojarodan oldin koʻplab sudanliklar Ikkinchi fuqarolar urushi va Darfurdagi urush paytida oʻz vatanlarini tark etishgan. Baʼzi Sudan fuqarolari esa boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun ketishgan. Masalan, aprel voqealari arafasida birgina Chadda ularning soni 400 000ga yetgan[6][7].

2023-yil 15-aprelda mamlakatda yangi mojarolar boshlangan. Mojarolar dastlab poytaxt Xartumni, keyinchalik mamlakatning boshqa hududlarini ham qamrab olgan. Mojaroning oʻzi hokimiyat uchun kurash va Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlarini armiya safiga qoʻshishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinish natijasi boʻlgan

Ramazon oyida sodir boʻlgan poytaxtdagi tartibsizliklar tufayli 48 soatdan koʻproq vaqt davomida uylar elektr va suvsiz qolishgan. Koʻchalardagi otishma tufayli Xartum aholisi oziq-ovqat doʻkonlariga bora olishmagan. Yaradorlar oqimi tufayli kasalxonalarda xodimlar va jihozlar yetishmagan[8]. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi Xartumga gumanitar yordam koʻrsatishning deyarli imkonsizligini taʼkidlagan va Sudan sogʻliqni saqlash tizimi qulash arafasida ekanligidan ogohlantirgan[9].

Qochqinlar

tahrir

Mahalliy

tahrir

Sudandagi mojarolar sabab, minglab Xartum aholisi piyoda yoki mashinada mamlakatning xavfsiz hududlariga qochib ketishgan[10][11]. Xartumning 300 ga yaqin aholisi janubi-sharqdagi El-Gadarifga, 3000 nafari Sharqiy Sudandagi Efiopiya qochqinlar lageriga, 28 ming nafari esa Vad Madaniga qochib ketishgan[12][13].

Xorijiy

tahrir

Harbiy harakatlar boshlanganidan beri tinch aholi Sudanni tark etishga intilmoqda. Qochqinlar qoʻshni mamlakatlarga avtobus yoki mashinada Sudani tark etishgan[14]. 15-apreldan 24-aprelgacha jami 30 000 dan ortiq kishi mamlakatni tark etgan[15][16]. Qochqinlarning asosiy oqimi qoʻshni Chad va Janubiy Sudan tomonidan qabul qilingan[14]. Qochqin asosan Xartum va Darfurdan boʻlishgan[17].

Chad rasmiylari qarama-qarshilikning birinchi kunida minglab qochqinlar mamlakatni tark etgani haqidagi xabarni berishgan. BMT asosan Darfurdan juda koʻp qochqinlar oqimi kelganini eʼlon qilgan. 19-aprelga kelib qochqinlarning soni 20 000 kishiga yetgan[18]. Deyarli barcha qochqinlar ayollar va bolalardan iborat boʻlgan[19].

23-aprel kuni yuzlab tinch aholi avtobusda Misr chegarasini kesib oʻtishgan[20][21].

24-aprel kuni Renk tumani (Janubiy Sudan) hukumati minglab qochqinlar kelganini eʼlon qilgan. Ularning hisob-kitoblariga koʻra, oʻsha paytda mamlakatga asosan ayollar va bolalar iborat 10 000 qochqin kelgan[22].

Manbalar

tahrir
  1. https://saharareporters.com/2024/06/12/sudan-worlds-largest-humanitarian-crisis-12-million-displaced-people-who
  2. „Survivors of Sudan’s brutal war have been forgotten“ (en). NRC. Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
  3. „Sudan Emergency: Regional Refugee Response, June 2023 - Progress report“ (en). reliefweb.int (2023-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  4. Omer, Sevil „Sudan crisis: Facts, FAQs, and how to help“ (en-US). World Vision (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
  5. „UN: One million people flee Sudan as situation 'spirals out of control'“. Aljazeera (2023-yil 16-avgust). Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.
  6. „UN says up to 20,000 have fled Sudan fighting for Chad“ (en-US). Yahoo Sports. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  7. „Violence in Sudan’s Western Darfur forces 2,500 into Chad: UN refugee agency | UN News“ (en). news.un.org (2020-yil 11-avgust). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  8. „As New Wave of Violence Hits Sudan’s Capital, Civilians Feel the Strain“. The New York Times (2023-yil 17-aprel). 2023-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  9. „‘Almost impossible’ to provide aid in Sudanese capital: IFRC“ (en). www.aljazeera.com. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
  10. „Sudan fighting: Foreign nationals to be evacuated“ (en-GB). BBC News (2023-yil 22-aprel). 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.
  11. „A three-hour trip now takes 12 hours: AJ correspondent“. Aljazeera (2023-yil 20-aprel). 2023-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
  12. „Hundreds arrive in Gadarif from capital to escape fighting“. Al Jazeera (2023-yil 23-aprel). 2023-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
  13. „Humanitarian workers: Scale of displacement in Sudan difficult to measure“. Al Jazeera (2023-yil 26-aprel). 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  14. 14,0 14,1 Burke, Jason; Salih, Zeinab Mohammed. „Sudan: thousands flee Khartoum as civilian casualties escalate“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 24-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  15. Siddiqui, Mersiha Gadzo,Usaid „Sudan updates: Army says foreign evacuations to begin“ (en). www.aljazeera.com. 2023-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  16. „South Sudan receives about 10,000 refugees fleeing Sudan fighting“. The Times of India (2023-yil 24-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  17. „UN says up to 20,000 have fled Sudan fighting for Chad“ (en). Le Monde.fr (2023-yil 20-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  18. Ramadane, Mahamat. „UN agency in Chad expects more Sudan refugees“ (en). Reuters (2023-yil 22-aprel). 2023-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  19. Presse, AFP-Agence France „UN Says Up To 20,000 Have Fled Sudan Fighting For Chad“ (en-US). www.barrons.com. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  20. El-Din, Mai Shams. „Fear and exhaustion: A family's flight from Sudan to Egypt“ (en). Reuters (2023-yil 24-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  21. „Sudan fighting: On a bus to Egypt with Mario the pug“ (en-GB). BBC News (2023-yil 25-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  22. „South Sudan receives about 10,000 refugees fleeing Sudan fighting“. The Times of India (2023-yil 24-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.