Sudlanuvchi
Sudlanuvchi — jinoyat protsessida sudga berilgan ayblanuvchi. S. oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuv va tushuntirish berish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; himoyachiga ega boʻlish va u bilan xoli uchrashish; oʻz huquk/garini himoya qilishni shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, 1-instansiya va apellyasiya instansiyam sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa — kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyasiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega.
S. sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan haqiqatni aniklashga toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi sudning ajrimlari hamda boshqa protsessual qarorlari ijro etilishiga toʻsqinlik kilmasligi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Ayblov hukmi chiqarilib, xukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng S. mahkum, oklov hukmi chiqarilganda esa oklangan deb ataladi.
Gʻafur Abdumajidov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |