Sudyalarning intizomiy javobgarligi

Sudyalarning intizomiy javobgarligi — ijtimoiy javobgarlik turlaridan biri. Sudya odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun; sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek, xizmati borasidagi yoki obroʻsiga putur yetkazadigan boshqa xattiharakati uchun Sudyalar malaka hayʼatining qarori asosidagina intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlmaydi. Sulyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiklagan nizom bilan belgilanadi.