Suelli kanali
Suelli kanali — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yirik magistral kanal. Amudaryoning qadimda Suelli deb atalgan yirik irmogʻi oʻrnida qurilgan. Taxiatosh gidrouzelidan 300 m uzunlikdagi suv uzatish kanali orqali suv oladi. Suv uzatish kanalining bosh qismida 110 m uzunlikda (tubining kengligi 51 m) suvdagi oqiziklar choʻkadigan tindirgich qurilgan. Umumiy uz. 128 km. Eng koʻp suv oʻtkazish imkoniyati 133 m³/sek, 42–55 km da 115 m³/sek, kanal tubining kengligi 16–22 m, chuq. 2,5–5 m.
Daryoda suv kamaygan bahor oylarida suv olishni yaxshilash maqsadida kanal boshida 54 m³/sek suv oladigan Fayt (1962), 66 m³/sek suv oladigan Bekyob (1965) nasos st-yalari kurilgan. Kanalda bosh suv olish inshootidan tashqari 4 ta gidrouzel bor. Shuningdek, kanalda 8 ta koʻprik, 3 ta akveduk, 30 ta turli nasos qurilmalari mavjud. Suelli kanali tizimi Shumanay, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot tumanlaridagi 102 ming ga dan ortik, yerlarni suv bilan taʼminlaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |