Suffiks (lotincha: suffixus — qadalgan, biriktirilgan), soʻng qoʻshimcha — affikslarning bir turi; soʻz oxiriga qoʻshiladigan, yangi soʻz yoki soʻz shakli yasaydigan qoʻshimcha. Mac, suvchi, olmazor, onaxon, kitoblar soʻzlaridagi chi, zor, xon, lar qoʻshimchalari Suffikslardir. Joylashish oʻrniga koʻra Suffiks affiksning infiks (soʻz oʻzagi urtasida boʻladigan) va prefiks (soʻz oʻzagi oldidan qoʻshiladigan) turlariga qaramaqarshi qoʻyiladi.

Yana q.Tahrirlash