Sugʻd adabiyoti — sugʻd tilida yaratilib, bizgacha saqlangan yozma manbalar. Manbalarning asosiy qismi 4— 10-asrlarga taalluqli boʻlib, budda, moniylikka tegishli matnlar, kundalik turmushga oid hujjatlar, turli yozishmalar, farmon va yorliqlar, sugʻd astronomik kalendari, Oʻrta Osiyo xalqlari eposlarini tashkil etadi. Turli alifboda bitilgan bu yodgorliklar oromiy yozuvlarida yozilgan boʻlib, Sinszyan hududidan, shuningdek, Mugʻ togʻidan topilgan (qarang Mugʻ qalʼa hujjatlari). Afrosiyob devoriy raslshdagi elchi tasvirida 16 satrdan iborat ishonch yorligʻi yozilgan. Sugʻd yodgorliklaridan yaxlit bir adabiy-badiiy asar saqlanmagan boʻlsada, rangorang syujetlardan tuzilgan qochirim soʻzlar, hikmatli iboralarga toʻla maktub va yorliklar sugʻdlarda boy adabiyot boʻlganini koʻrsatadi.

Sugʻd yodgorliklari orasida Rustam haqidagi eposdan parchalar (5—7-asr) katta adabiy qimmatga ega boʻlib, bularda Rustamning devlar bilan qilgan jangi tasvirlangan. Rustam obrazi avval xalq ogʻzaki ijodida, keyinchalik yozma adabiyotda yaratildi.

Moniylikka taalluqli sugʻd matnlari orasida "Kalila va Dimna"dagi "Savdogar va marvarid teshuvchi", "Uch baliq haqida", "Tulki va maymun" masallariga mazmunan yaqin boʻlgan hikoya va masallar uchraydi. "Xalqlar roʻyxati" nomli sugʻd hujjati 8-asrga oid. Bunda oʻsha vaqtda Oʻrta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi berilgan.

Adabiyot tahrir

  • Bertels Ye. E., Istoriya persidsko-tadjikskoy literaturi, M., I960; Oranskiy I. M., Vvedeniye v iranskuyu filologiyu, M., 1960; Isohov M., Sugʻdiyona tarix chorrahasida, T., 1990.