Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar instituti

Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar instituti — gʻallachilik sohasidagi yirik ilmiy tadqiqot markazi. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish. markazi tarkibida. 1997-yil 25 avgustda tashkil etilgan. Andijon viloyatining Kuyganyor posyolkasida joylashgan. Institutda 11 ta boʻlim (don ekinlari seleksiyasi; don ekinlari agrotexnikasi; urugʻchilik; agrokimyo; dukkakli va yem-xashak ekinlari seleksiya va agrotexnikasi; birlamchi seleksiya materiallarini yaratish va ularni baholash; oʻsimliklarni himoya qilish; oʻsimliklar fiziologiyasi, biokimyosi va sifat tahlili; mexanizatsiya; iqtisodiyot; filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va fan yutuqlarini ishlab chiqarish.ga joriy etish) faoliyat koʻrsatadi. Institutning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 10 viloyat (Andijon viloyatidan tashqari)ning tumanlaridagi shirkat xoʻjaliklarida va tajriba styalarida joylashgan viloyat filiallari, Gʻallaorol filiali, Izboskan tumanida "Istik^lol" tajriba xoʻjaligi bor. Institut filiallari va tajriba xoʻjaligining yer maydoni 2695 ga. Institut ilmiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekistonning turli tuproq va iqlim sharoitlariga moslashgan, kasalliklarga chidamli, mahsuldor, don sifati yuqori boshokli va dukkakli ekinlarning yangi navlarini yaratish, ularni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda birlamchi urugʻchilik tizimini tashkil etishdan iborat.

Institutda turli mamlakatlardan keltirilgan boshoqli don ekinlari navlarining 8 ming, dukkakli ekinlarining 700 dan ortiq navlari kolleksiyam toʻplangan. 1997—2004-yillarda yumshoq kuzgi bugʻdoyning 12, tritikalening 1, xoʻraki koʻk nixatning 1 yangi navi yaratildi. Ulardan Chillaki, Andijon 2 va Andijon 4 kuzgi yumshoq bugʻdoy navlari Davlat reyestriga kiritildi. Bu navlarning birlamchi urugʻchilik tizimi tashkil etilib urugʻi koʻpaytirilmoqsa. Institutda 6 fan doktori, 18 fan nomzodi va 50 dan ortiq malakali ilmiy xodim hamda mutaxassislar ishlaydi (2004). Institut faoliyati R.I. Siddiqov, T.Jalolov, S. Teshaboyev, I.U. Egamov va boshqa olimlarning nomlari bilan boglik. Institut respublikadagi 10 dan ortiq ilmiy tadqiqotlar institutlari, Rossiya Federatsiyasi Krasnodar shahridagi P.P. Lukʼyanenko nomidagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqotlar instituti, oliy oʻquv yurtlari hamda bir qator xalqaro ilmiy markazlar (IKARDA) bilan hamkorlik qiladi.

Ravshan Siddiqov.