Sugʻurta kompaniyasi - sugurta faoliyatini amalga oshirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs, sugʻurta xizmatlari bozoritsht professional ishtirokchisi. Oʻzbekiston Respublikasi da Sugʻurta kompaniyasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin yuridik shaxs makrmini oladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olganidan soʻnggina sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Sugʻurta kompaniyalariga hayot sugʻurtasi va hayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta turlarini oʻtkazish uchun litsenziya alohidaalohida beriladi. Hayot sugʻurtasini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan Sugʻurta kompaniyasi ushbu sugʻurta turidan tashqari boshqa umumiy sugʻurta turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas yoki aksincha.

Sugʻurta kompaniyasi turli mulk shakllarida faoliyat koʻrsatishlari mumkin. Oʻzbekiston sugʻurta bozorida ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan sugʻurta kompaniyalari koʻpchilikni tashkil etadi. Ular tarkibida eng yirik "Oʻzagrosugʻurta" davlataksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi va "Kafolot" sugʻurta kompaniyasi, "Madad" sugʻurta agentligi va "ALSKOM" ochiq aksiyadorlik Sugʻurta kompaniyasi, "Osiyo temir yoʻl" Sugʻurta kompaniyasi va boshqa bor.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida 20 tadan ortiqS.k. faoliyat kursatadi (2004). Yana q. Sugʻurta xizmatlari bozori.

Xoʻjayor Shennayev.