Sohta hujjatli, Yolgʻonchi hujjatli (sohta va hujjatli aralashmasi) yoki Sujjatli — film yoki televizyon shouning bir turidir. Unda badiiy voqealar hujjatli film koʻrinishida taqdim etiladi. [1]

Bunday turdagi film produksiyasidan hozirgi kun voqeliklariga va muammolariga boʻlgan munosabatni badiiy postanovka orqali yoki mavjud hujjatli filmning oʻz talqiniga parodiya orqali analiz qilish koʻzda tutilgan. Sujjatli filmlar odatda komedik, psevdo-hujjatli filmlar esa ularning drama ekvivalenti hisoblanadi. Shunga qaramay, psevdo-hujjatli filmlar dokudramalar bilan chalkashtirb yuborilmasligi kerak. Dokudramalar, psevdo-hujjatli filmlardan farqli ravishda, badiiy janrdir. Unda real voqealarni koʻrsatish uchun drama texnikalari bilan birga hujjatli film elementlari qorishtiriladi. Bundan tashqari, dokudrama dokubadiiylikdan ham farq qiladi. Hujjatli filmning badiiylik elementlari yordamida buzilgan koʻrinishi dokubadiiylik hisoblanadi.

Sujjatli terminining ingliz versiyasi Mockumentary (mock-sohta, documentary-hujjatli) boʻlib, 1960-yillarda paydo boʻlgan. 1980-yillarga kelib „This is Spinal Tap“ filmining rejissyori Rob Reiner filmni tasvirlab berish uchun aynan ushbu termindan foydalanganidan soʻng ommalashib ketdi.[2][3]

Sujjatli filmlar odatda qisman yoki toʻliqligicha improvizatsiya ustiga quriladi. Aktyorlikning ssenariylashtirilmagan shaklda ijro etilishi bilan sujjatli filmlarda reallik elementlari saqlab qolinadi. Komedik sujjatlilarda odatda real atmosferani taʼminlash maqsadida kamdan-kam kulgu soundlari qoʻshiladi (istisnolar boʻlishi mumkin).

Ilk naʼmunalar tahrir

Luis Brunelning 1933-yildagi Land Without Bread (Noni yoʻq mamlakat)[4], Orson Vellesning 1938-yildagi The War of the Worlds (Dunyolar urushi) radioeshittiruvi, turli xil April Fools' Day (Aprel tentaklar kuni) yangiliklar dasturi va 1960-1970-yillardagi verite-style film va televiziyon prodakshnlar janrning paydo boʻlishida asosiy rol oʻynagan. Sohta-hujjatli filmlarning ilk naʼmunalari Peter Vatkinsning The War Game (Urish oʻyini, 1965), Privilege (Sharaf, 1967) va dystopic Punishment Park (distopik Jazo Bogʻi, 1971)[5] hisoblanadi. Bulardan keyingi oʻrinlarda kelgan naʼmunalarga, The Connection (Aloqa, 1961), A Hard Day’s Night (Ogʻir kun kechasi, 1964), David Holzmanʼs Diary (Devid Holzmen kundaligi, 1967), Take the Money and Run (Pulni olginu qoch, 1969), The Clowns (Masxarabozlar, 1970) filmlari misol boʻla oladi.

1980-yildan keyin tahrir

1980-yillarning boshlaridan buyon Sujjatli filmlar (Mocumentary) formati ancha katta eʼtiborga sazovor boʻldi. 1980-yilda Janubiy Afrika filmi The Gods Must be Crazy (Xudolar tentak boʻlsa kerak,) va uning 1989-yildagi sikveli hujjatli film koʻrinishida, hujjatli film diktori Peddi O'Bayrnning filmlardagi voqealarni biolog yoki antropolog olim tilidan tomoshabinlar bilan ilmiy bilimlarini ulashayotgandek oʻqib berishi koʻrinishida taqdim etildi. 1982-yilda, The Atomic Cafe (Atomli kafe) nomli Sovuq Urush davri Amerika „sujjatli“ filmi 1950-yillardagi davlat arxiv kadrlaridan ham foydalandi. [6][7]

Markaziy Yevropada birinchi marta 1988-yilda Chexoslavakiya qisqa metrajli filmi "Oil Gobblers" (Neft kemiruvchilari) sujjatli film oʻlaroq taqdim etildi. Shundan soʻng ikki hafta mobaynida tomoshabinlar neftni yeydigan hayvonlar rostdan ham borligiga ishonib yurishgan.[8]

2006-yilning "Borat: Amerika madaniyatini Qozogʻistonning ulugʻvor xalqi manfaati uchun oʻrganish"[9] filmi va uning 2020-yildagi sikveli "Borat haqidagi navbatdagi film: Bir paytlar ulugʻvor Qozogʻiston xalqiga foyda keltirish uchun Amerika rejimiga katta pora berish"[10] ham ikkita bahsli ammo muvaffaqiyatli sujjatli filmlar hisoblanadi.

Radioda tahrir

BBC toʻlqinlaridagi 1995-yilda "People Like Us" (Bizga oʻxshagan odamlar) birinchi marta radio uchun 1999-yildagi televiziyon versiyasidan avval ishlab chiqilgan sujjatli janridagi mahsulot hisoblanadi. Bundan bir yil soʻngra "Kay Stonham’s Audio Diaries" (Kay Stonhamning Audio Kundaliklari) ham Radio 4 da qisqa vaqt davomida berilgan sujjatli eshittirishdir.

Havolalar tahrir

  1. https://www.dictionary.com/browse/mockumentary
  2. https://openlibrary.org/books/OL7839937M/Faking_It
  3. https://www.youtube.com/watch?v=1lT-ONdy2ck&t=60s
  4. https://www.jstor.org/stable/10.5406/jfilmvideo.67.3-4.0003#metadata_info_tab_contents
  5. https://www.vice.com/en/article/kzaxmz/70s-scifi-mockumentary-politics-punishment-park
  6. https://books.google.co.uz/books?id=NI4dBAAAQBAJ&q=%22atomic+cafe%22+mockumentary&pg=PA342&redir_esc=y#v=snippet&q=%22atomic%20cafe%22%20mockumentary&f=false
  7. arxiv nusxasi, 2020-02-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-01-04
  8. https://www.youtube.com/watch?v=BauXIDKrNyc
  9. https://www.imdb.com/title/tt0443453/?ref_=fn_al_tt_1
  10. https://www.imdb.com/title/tt12924938/?ref_=fn_al_tt_2