Sukkulentlar (lot. succulentus shirador, sersuv) — bargi (agava, aloy) yoki poyasi (kaktusdoshlar va ixrojning baʼzi turlari) kalin va sersuv koʻp yillik oʻsimliklar; kserofitlarning alohida tipi. Markaziy, Shimoliy va Janubiy Amerika choʻllarida, qisman Janubiy Afrikada usadi. S.ning oʻziga xos tashqi tuzilishi ularning barg yoki poyalarida suv toʻplash va uni uzok, qurgʻoqchilik sharoitida tejab sarflashga moslashgan. S. — yorugʻliksevar oʻsimliklar. Ular dekorativ va tola beruvchi oʻsimliklar sifatida keng qoʻllanadi.