Sukkur
Sukkur — Pokistonning markaziy qismidagi shahar. Hind daryosi boʻyidagi tekislikda joylashgan. Aholisi 329,1 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik, ip gazlama, oziqovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi; yogʻoch oʻymakorligi, kashta tikish, gazlama, teri, metall, oniksdan badiiy buyumlar yasash bilan shugʻullaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |