Gulbahrom Sulaymonovna
(Sulaymonova Gulbahrom Sulaymonovnadan yoʻnaltirildi)
Gulbahrom Sulaymonovna (1920.1.10, Andijon — 1984, Toshkent) — terapevt olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), tibbiyot fanlari doktori (1952), professor (1960). Qozogʻiston tibbiyot institutini tugatgach (1941), Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet terapiya klinikasida ordinator (1941—42; 1945—48), assistent (194849), professor (1953—56), Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1956— 61), 1961-yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti gematologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari meʼdaichak, nafas, qon yaratish aʼzolari kasalliklari va kollagenozlarga oid. Leykozlarning kechishi va ularni davolash usullari ustida tadqiqot olib borgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |