Sulfatlar
Sulfatlar — sulfat kislota tuzlari. Bu kislota 2 qator tuzlar hosil qiladi — oʻrtacha yoki nor mal S, mas, ammoniy sulfat (NH4)2 SO4 va nordon S. yoki gidrosulfatlar, mas, natriy gidrosulfat NaHSO4. Normal S. — asosan, rangsiz, oson kristallanadigan va suvda eruvchan moddalar; amaliy ahamiyatga ega boʻlgan muhim tuzlardan PbSO4, CaSO4 va boshqa suvda oz eriydi, BaSO4 esa suvda erimaydi. Tarkibida kristallizatsion suvi boʻlgan S. kuporoslar deb ataladi (mas, mis kuporosi CuSO45H2O). S. tabiatda keng tarqalgan va turli sanoat sohalarida xom ashyo sifatida qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |