Sulfidlar, tabiiy sulfidlar — minerallar sinfi, metallarning oltingugurtli aralashmasi. S. Yer poʻstining 0,15%ga yakinini tashkil kilib, 200 dan ortiq mineral turini oʻz ichiga oladi. S.ga tabiiy selenidlar, telluridlar, arsenidlar gʻamda antimonidlar va vismutidlar yaqin. S.da asosiy tur hosil qiluvchi elementlar Pb,Cu, Sb, As, Ag, Bi, Fe, Co va Ni oʻnlab mineral turlari tarkibiga kiradi. Zn, Cd, Mn, Ge, Sn, Tl, Mo, Hg lar kam turli birikmalar bersada, bularning ichida ham sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan va keng tapqalgan muhim minerallar — sfalerit (ZnS), molibdenit (MoS2), kinovar (HgS^ap uchraydi. S.da izomorf aralashmalar holida uchraydigan elementlarga Ai, Ag, Ga, Ge, In, Tl va Re lar kiradi. H2S (maye As2S, R5)ning hosilasi boʻlgan oddiy Sdan tashqari H2S2 (mas, Gʻe82)ning hosilasi pers ulfidl ar; murakkab sulfidlar (mas, Pb5Sb4Sn) va sulfasollar [AsS]3~, [SbS3]3~ anionlari bilan; qoʻshaloq sulfidlar (mas, xalkopiritlar) ham mavjud. S.ning kristallokimyoviy maʼlumotlariga asoslangan zamonaviy tasnifida, asosiy kimyoviy tiplari orasida kichik sinflar mavjud boʻlib, ulardan struktura tiplariga mos boʻlgan guruhlar farq qilinadi. S.ning eng muhim guruhlariga: koordinatsion S.ning kichik sinfiga — galenit PbS, sfalerit ZnS, pirrotin Fe,_xS, pentlandit (Fe,Ni)9Sg, kubanit CuFe2S3 xalkopirit, bornit Cu5FeS4 va boshqa guruxlar; S.ning sinchl i kichik sinfiga — argentit As2S, xira rudalar guruhlari; S.ning halqali kichik sinfiga — realgar AsS guruhi; orolli kichik sinfiga — pirit FeS2, kobaltin CoAsS — arsenopirit FeAsS va boshqa guruxlar; S.ning zanjirli kichik sinfiga antimonit Sb2S3, millerit NiS, kinovar HgS guruhlari; S.ning qatlamli kichik sinfiga — molibdenit MoS2, auripigment As2S3, kovellin CuS va boshqa guruxdar kiradi. S.ning kattikligi 2— 4, katlamli Sda 1—2 gacha (molibdenit, kovellin va boshqalar), persulfidlarda esa 5— 7 gacha (pirit va boshqalar). Zichligi 4 g/sm³dan ortiq. S. Yer yuzida oksidlanganda osonlik bilan sulfatlarga, sunfa gidroksidlarga, karbonatlarga, baʼzan sof tugʻma elementlarga (mas, Si, Ag) aylanadi. Kuplab S. muhim rudali minerallar bulib, rangli, ogʻir, kamyob va tarqoq metallar, ularning qotishmalari va birlashmalari olinadigan xom ashyo hisoblanadi. S.ning elektrofizik, jumladan, elektrooptik va yarimutkazgichlilik xususiyatlari tufayli ulardan, IKdetektorlarning sezuvchan elementlarini, yarimoʻtkazgich va elektrooptik qurilmalarni i. ch. da foydalaniladi.