Sulton (arab. — hukmdor, podshoh) — 1) musulmon davlatlari boshliqlarining unvoni. 10-asrda islom mamlakatlarida xukmdor sulton deb yuritilgan. Shohlar, xonlar va ularning farzandlari ismiga S soʻzi qoʻshib aytilgan. Rum sultonligi hukmdorlariga sulton unvoni 11 a.ning 30y.laridan berila boshlangan. Mazkur unvonni 1-boʻlib saljuqiylardan boʻlgan Toʻgʻrulbek 1038-yilda olgan va bu unvon 1055-yil Bagʻdod zabt etilganidan soʻng xalifa tomonidan eʼtirof etilgan. Usmonli turk hukmdorlari, Xorazmshoxlar, Gʻaznaviylar singari mustaqil davlat hukmdorlari ham sulton atamasi bilan ifodalangan. Moʻgʻul istilosidan keyin Chingizxon xonadonining har bir vakili sulton deb atalgan. Temuriylar saltanatida ham keng isteʼmolda boʻlgan. Shayboniylarda sulton hukmdorlar, sulola vakillariga berilgan. Janubiy Arabiston va Gʻarbiy Afrikadagi yirik mulkdorlar, baʼzi qabila boshliklari, Hindiston va Indoneziyadagi ayrim hokimlar sulton deb nomlangan. Marokashda 1957-yilgacha, Turkiyada 1922-yilgacha amalda boʻlgan; 2) kishi ismining tarkibiy qismi. Mas, Sulton Sanjar, Sulton Boyazid, Sulton Muhammad, Xalil Sulton, Ruqiya Sulton va boshqa

Yana qarang

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Petrosyan Yu.A., Osmanskaya imperiya, Moguhestvo i gibel, M., 1990.