Sulton Muhammad (temuriyzoda)
Sulton Muhammad (tax.1418 — 1452)[1] — 1447-yillardan boshlab umri oxirigacha Temuriylardan chiqgan Iroqi Ajam va Fors hukmdori edi. U Shohrux Mirzoning oʻgʻli Boysungʻurning oʻgʻli boʻlgan.
Sulton Muhammad bin Boysungʻur | |
---|---|
Forsdagi Temuriylar imperiyasining sultoni | |
Saltanat | 1447 – 1451 |
Oʻtmishdoshi | Shohrux Mirzo |
Davomchisi | Abulqosim Bobur Mirzo |
Tugʻilishi | tax.1418 |
Vafoti | 1452 (yoshi 33–34) |
Dafn etilgan joy |
Shohrux Mirzo hukmdorligining oxirgi-yillarida Sulton Muhammad Temuriylar Imperiyasining gʻarbiy viloyatlarida isyon koʻtaradi. 1446-yilda Shohrux Mirzo qoʻzgʻolonni toʻxtatib, tarafdorlarning anchasini qoʻlga kiritishga muvaffaqt boʻladi, ammo Sulton Muhammad Luristondan boshpana topadi. Bobosining vafotidan soʻng, Sulton Muhammad Luristondan qaytib, oʻsha yoqning oʻzidan Markaziy Forisni nazorat qilishni oʻz zimmasiga oladi. Xurosonlik oʻgay akasi Abulqosim Bobur Mirzo hamda Movarounnahrlik amakisi Ulugʻbek bilan birga parchalanayotgan imperiyaning uchta eng kuchli hukmdorlariga aylanishadi.
Yer mulkini kengaytirishga ishtiyogʻi baland Sulton Muhammad, yaqin orada Mirzo Abulqosim Bobur bilan urush boshlab, Xurosonni egallab oladi. Yurishining boshlanishi yaxshi ketdi; 1450-yilda u Mashhadda akasini magʻlub etib, uning baʼzi yerlarini tortib oldi. Biroq, hodisalar janub tomonga burilib, u Mirzo Abulqosim Bobur tomonidan ushlab olinib qatl etildi. Mirzo Abulqosim Bobur keyinchalik Sulton Muhammadning yerlarini tortib oldi, ammo tez orada Jahon Shoh qoʻl ostidagi Qora Qoyunlu Turkmanga yutqazdi. Uning oʻgʻli Xurosonni olti hafta boshqargan Yodgor Muhammad Mirzo edi.
Shaxsiy hayoti
tahrirMuhammadning ikkita rafiqasi bor edi:
- Ogʻa Begi Ogʻa — Yusuf Terxonni qizi, Ulugʻ Ogʻa Begumni onasi;
- Tundi Begi Ogʻa — Yodgor Muhammad Mirzoning onasi;
Manbalar
tahrir- Roemer, H. R. „The Successors of Timur.“ The Cambridge History of Iran, Volume 6: The Timurid and Safavid Periods. Ed. Peter Jackson. New York, New York: Cambridge University Press, 1986. ISBN 0-521-20094-6
- Stevens, John. The history of Persia. Containing, the lives and memorable actions of its kings from the first erecting of that monarchy to this time; an exact Description of all its Dominions; a curious Account of India, China, Tartary, Kermon, Arabia, Nixabur, and the Islands of Ceylon and Timor; as also of all Cities occasionally mentionʼd, as Schiras, Samarkand, Bokara, &c. Manners and Customs of those People, Persian Worshippers of Fire; Plants, Beasts, Product, and Trade. With many instructive and pleasant digressions, being remarkable Stories or Passages, occasionally occurring, as Strange Burials; Burning of the Dead; Liquors of several Countries; Hunting; Fishing; Practice of Physick; famous Physicians in the East; Actions of Tamerlan, &c. To which is added, an abridgment of the lives of the kings of Harmuz, or Ormuz. The Persian history written in Arabick, by Mirkond, a famous Eastern Author that of Ormuz, by Torunxa, King of that Island, both of them translated into Spanish, by Antony Teixeira, who liv’d several Years in Persia and India; and now render’d into English.
- ↑ John E Woods, Temuriylar Sulolasi (1990), s. 46