Sulton Uvays Gaur qa’lasi
Sulton Uvays Gaur qal’asi (mil.av. IV- mil. III asrlar) Amudaryoning o’ng sohilida Chilpiq va Jampiq qal’a yodgorliklarining o’rtasida joylashgan. Ushbu qal’a ilk-antik davrda qurilgan bo’lib, bizgacha uning shimoliy va g’arbiy devorlari bir qismi saqlanib qolgan. U trapetsiya shakliga ega bo’lib, Xorazm me’morchiligiga xos bo’lgan ikki qavatli devorlar va kamonchilar galeriyasi, minoralar, tuynuklardan iborat edi. Uning devorlarining o’lchamlari, qal’aning qanchalik mustahkam bo’lganligidan dalolat beradi[1].
Qal’a yodgorligidan bizgacha, bezak ustunli asoslarga va devoriy rasmlarga ega kichik zallar, shuningdek, qurbonlik qilinuvchi hashamatli binolar saqlanib qolgan. Katta ehtimol bilan, bu yerda otashparastlar (olovga sig’inuvchilar) ibodatxonasi joylashgan. “Gaur” so’zi, olimlarning fikriga ko’ra, “otashparast (olovga sig’unuvchi)” degan ma’noni anglatadi. Gaur qal’adan, taxminan, milodiy III asrlargacha foydalanilgan[2].
https://www.youtube.com/watch?v=03TIfnVM158&t=2s
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Sulton Uvays Gaur qal’asi“. 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
- ↑ „ГЯУР-КАЛА ХОДЖЕЙЛИНСКАЯ“. 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.