Sulton valad Muhammad Bahouddin
SULTON VALAD (Sultan Velet) Muhammad Bahouddin (1226, Qaraman, Koʻniya viloyati — 1312, Koʻniya sh.) — turk shoiri. Jaloliddin Rumiyning oʻgʻli. Sufiylar orasida tarbiya olgan; oʻzi ham sufiylikning mavlaviya tariqati boshligʻi (shayx) boʻlgan. S.V.ning butun ijodi otasining hayoti, faoliyati va taʼlimotini ommalashtirishga bagʻishlangan. Forsiy sheʼrlar devoni va "Valadnoma" dostonining muallifi. Mazkur doston 3 ta mustaqil qismdan iborat: "Ibtidonoma", "Intihonoma" va "Rubobnoma". 1va 3qismlarda turk tilining koʻniya lahjasida yozilgan kattakatta parchalar ("saljuqona sheʼrlar") uchraydi. Bular kichik Osiyoda yaratilgan va sanasi aniq koʻrsatilgan (1301) dastlabki turkiycha sheʼrlardir. S.V.ning "Ilmnoma" risolasi ham bor.
Adabiyot
tahrir- Garbuzova B.C., Poetoʻ srednevekovoy Tursii, L., 1963.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |