Sulton xoʻja Eshtoy bobo masjidi

Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi
Sulton xoʻja Eshtoy bobo
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Xandoyliq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sidqiy Xondoyliq mahalla fuqarolar yigʻini Gʻayrat koʻchasi 28-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Shokir domla Shosoatov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Xandoyliq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sidqiy Xondoyliq mahalla fuqarolar yigʻini Gʻayrat koʻchasi 28-uyda joylashgan[2][3]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Xandoyliq qishloq fuqarolar yigʻini, Sidqiy Xondoyliq mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻayrat mahalla fuqarolar yigʻini, Chori mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Ishtixon mahalla fuqarolar yigʻini, Juma bozor mahalla fuqarolar yigʻini, Maqsad mahalla fuqarolar yigʻini, O. Joʻraboyev mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvvat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Shokir domla Shosoatov hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. 2016-yilda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 11-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „СУЛТОН ХЎЖА ЭШТОЙ БОБО ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „"SULTON XO'JA ESHON BOBO" MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  3. „"SULTON XO'JA ESHON BOBO" masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  4. „"SULTON XO'JA ESHON BOBO" MASJIDI“. allcompanies.by. 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.