Yusuf Sultonov (1911.25.9 — Toshkent — 1991.24.6) — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), filol. fan nomzodi (1949). Urta Osiyo universitetida oʻqigan (193032). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida direktor oʻrinbosari, direktor (1950—52), sektor mudiri (1960—86), katta ilmiy xodim (1986-yildan). Oʻzbekiston KP MK apparatida boʻlim boshligi oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi (1952—60). Hamzashunoslikka oid dastlabki yirik tadqiqoti "Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodi" (1940; 3nashri, 1973)dir. Hsshzaiipt "Tanlangan asarlar"ini (1939; 5nashri, 1969, S.Husainov bilan hamkorlikda) toʻldirib, bir necha marta chop ettirgan. S. oʻrta maktablarning 10-sinfi uchun ("Adabiyot darsligi", 1938) va 9—10sinflari uchun ("Oʻzbek sovet adabiyoti tarixi", S. Azimov bilan hamkorlikda, 1953-yildan) adabiyot darsliklarini yozgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).