Sultonxon tanbur
Sultonxon tanbur (asli Sultonxon Hakimov; 1885 — Chimkent — 1922) — oʻzbek sozandasi. S.T. sozanda akalari bilan birgalikda tanbur chalib yoshligidan mohir ijrochi sifatida shuhrat qozongan. Tabiatan musiqa eshitish qobiliyati va xotirasi kuchli boʻlib, nafaqat milliy musiqa namunalari, balki boshqa xalqlar musiqasining murakkab asarlarini ham nihoyatda tez oʻrganib olardi. 1905—07 yillarda bir qancha oʻzbek ashula va kuylari (mas, "Chorgoh", "Shafoat" va boshqalar), Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari S.T. va Toʻychi hofiz ijrosida Moskvada ilk bor grammofon plastinkasiga yozib olingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |