Sumbula — ertapishar piyoz navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida Gollandiya namunasi populyasiyasidan yakka tanlash usulida chiqarilgan (A. Abbosov, D.S.Maqsudxoʻjayev, D. M. Islomov; 2000). Piyozboshi yumaloq, vazni 90—120 g, poʻstining rangi sariq, ichki poʻstlari etli, oq, qalinligi 2,5 mm. Oʻsimligi sovuqqa chidamli. Piyozining taʼmi sal achchiq. Hosili may oyida pishib yetiladi, oktabr— noyabrgacha yaxshi saqlanadi. Nav erta kuzgi, avgustning ikkinchi yarmi hamda sentabrning birinchi yarmida ekiladi. Ushbu muddatda gulpoya chiqarmaydi. "Toʻqsonbosti" va erta bahorda ekish mumkin emas. Sumbula piyoz navi. Hosildorligi oʻrtacha 400—500 s/ga, yaxshi parvarish qilinganda gektaridan 700—800 s hosil olinadi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari uchun rayonlashtirilgan (2003).