Sumsarsoy — Namangan viloyatidagi soy. Koʻgala tizmasidan (3700 m) boshlanadi. Uzunligi 32 km, havzasining maydoni 92,5 km². Yuqori oqimida Koʻgalasoy nomi bilan oqadi. Ayirmasoy qoʻshilgandan soʻng S. nomini oladi. Soy vodiysi shagʻal tosh bilan qoplangan. Yillik oʻrtacha suv sarfi 0,97 m³/sek., oqim moduli 10,5 l/sek, km². Chuyet tumanining ekin maydonlarini sugʻoradi.