Sunʼiy tanlash — odam tomonidan eng qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan hayvon va oʻsimliklarning ayrim nusxalari, zotlari, novlarini ulardan avlod olish maqsadida tanlab olish. St. nazariyasi asoslarini. Ch. Darvin ifodalab bergan (1859). U St. uy hayvonlari zotlarini va ekinlar navlarining paydo boʻlishiga sabab boʻlgan asosiy omil ekanligini koʻrsatib berdi. Sunʼiy tanlashning taʼsiri va natijalarini tadqiq qilish Darvinning tabiiy tanlanishni asoslab berishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ibtidoiy davrlarda odam foydali hayvonlarni xonakilashtirish va isteʼmolga yarokli oʻsimliklar oʻstirishda St. ongsiz holda yuz bergan. Ibtidoiy chorvadorlar dehqonlar hayvon va o’simliklarning saralarini saqlab qolishga va ulardan nayel, urugʻ olishga harakat qilishgan. Eng yaxshi hayvonlarni avloddan avlodga saqlab borish podani yangilab, qayta tiklab turish imkonini bergan, yaxshi urugʻlar ekish esa barqaror hosilni taʼminlagan.

18-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan seleksiya mahorati (muayyan uslublar asosida tanlash) chorvachilik va oʻsimlikshunoslikda oʻz ahamiyatini toʻliq saqlab kelmoqda. Ilmiy St. ayrim bir qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha olib boriladi, bu esa organizmlarda genetik va morfologik korellyasiya tizimlarining buzilishiga olib keladi. Shu sababli koʻp hollarda Sunʼiy tanlashning qoʻshimcha natijasi tarzida organizmlarning fenotipik oʻzgaruvchanligi ortadi, umumiy hayotchanligi pasayadi. Sunʼiy tanlashning yalpi va yakka (individual) tanlash shakllari bor. Yalpi tanlashda fenotip boʻyicha zot yoki nav standartlariga muvofiq, kelmaydigan barcha nusxalar yaroqsizga chiqariladi (zot yoki nav sifatlarini saqlab qolish maqsadlarida oʻtkaziladi)G Yakka tanlashda ayrim nusxalar belgilarning irsiy barqarorligini hisobga olgan xolda, genotip boʻyicha oʻsimlik navi yoki hayvon zotini bir qancha avlodlarda baholash bilan olib boriladi (zot va navga xos sifatlarni takomillashtirishni taʼminlaydi). Bahodir Normativ, Izatulla Eshmatov. Gold Boy, Richmenovlar