Sunani Dorimiy
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
Abdulloh ibn Abdurrahmon al-Dorimiyning (hijriy 181-255) "Sunani Dorimiy" (arab. سنن الدارمي) yoki "Musnadi Dorimiy" (arab. مسند الدارمي) kitobi „al-Kutub as-Sitta“, „al-Muvatto“ va Imom Ahmadning „Musnad“i qatorida ahli sunna olimlari tarafidan eng moʻtabar deb hisoblangan toʻqqiz kitobdan biri sanaladi[1].
سنن الدارمي | |
Asosiy maʼlumotlar | |
---|---|
Janr | Hadis to‘plami |
Muallif | Imom Dorimiy |
Orginal tili | Arab |
„Musnad“ deb atalishiga qaramay, bu kittob boshqa musnadlar – Tayolisiy yoki Ibn Hanbal musnadlari singari roviylarga koʻra tartibga solinmagan. Aksincha, Ibn Mojaning „Sunan“iga oʻxshab mavzular boʻyicha tartiblangan.
Tavsif
tahrirMaktaba Shomilaning maʼlumotlariga koʻra, asarda uch yarim mingdan ortiq (aniqrogʻi 3833 ta) hadis mavjud[2]. Hadislar mavzularga koʻra tartibga solingan. Sunandagi hadislarning aksariyati sahih, bir qismi esa zaifdir[3][4].
Naql qilinishi
tahrirDorimiy bu hadislarni Iso ibn Umar as-Samarqandiyga naql qilgan (uning vafot sanasi nomaʼlum, lekin taxminan hijriy 293-yildan keyin vafot etgan). Shundan soʻng kitob quyidagi olimlarga oʻtgan:
• Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamaviya as-Sarxosiy (293-381 hijriy)
• Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muzaffar ad-Dovudiy „Jamolul-islom“ (374–467 hijriy).
• Abul-Vaqt Abdulavval ibn Iso ibn Shuayb as-Sijizziy (458-553 hijriy).
Nashrlari
tahrir• Husayn Salim Asad tahriri. Dorul-Mugʻniy. 1420 hijriy/2000-yil. • Al-Musnad al-Jomeʼ – Sunan al-Dorimiy (المُسْنَد الجَامِع المعروف سُنَن الدَّارِمِي) Imom Abu Muhammad al-Dorimiy. Nashriyot: Muassa ar-Risola. Bayrut, Livan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ al-Musnad al-Jami' - Sunan al-Darimi by Imam Abi Muhammad al-Darimi. ISBN 978-9933-23-191-0. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil. (Wayback Machine saytida 2019-05-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ „سنن الدارمي • الموقع الرسمي للمكتبة الشاملة“.
- ↑ Sunan al-Darimi (1 vol Resalah) سنن الدارمي. ISBN 978-9933-23-191-0. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
- ↑ „Finishing the Sunan of Ad-Darimi“. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
- ↑ al-Musnad al-Jami' - Sunan al-Darimi (المُسْنَد الجَامِع المعروف سُنَن الدَّارِمِي) Imam Abi Muhammad al-Darimi. ISBN 978-9933-23-191-0. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil. (Wayback Machine saytida 2019-05-02 sanasida arxivlangan)