Sundan tili
Sundan tili — avstronez tillaridan biri, Indoneziyaning Gʻarbiy Yava viloyatida, Sumatra o. jan.da tarqalgan; soʻzlashuvchilarning umumiy soni 21 mln. kishidan ortiq. Asosiy lahjalari: badu (eng qad.), banten, bogorkravang , chianjur, kuningan, chirebon hamda adabiy tilga asos boʻlgan Bandung sh. shevasi. Oʻziga xos fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bor. Leksikasida onomatopoetik (tasviriy) soʻzlar anchagina; unga avvalo sanskritdan, keyinchalik arab, yava, indonez va niderland tillaridan koʻplab soʻzlar oʻzlashgan.
Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asr larga mansub boʻlib, sanskritda bitilgan; keyin qad. hind yozuvlaridan kavi qoʻllangan; 1ba.dan arab alifbosi asosidagi jajavan yozuvi, 17-asr 2-yarmidan chacharakan (yava yozuvi) tarqalgan. 19-asr oxiridan Sundan tili uchun lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Sundan tilida boy adabiyot mavjud, boshlangʻich maktablarda dars oʻtiladi, radioeshittirish olib boriladi, gazetalar chop etiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |