Sungari yoki Songhua — Xitoyning shim.sharkiy qismidagi daryo, Amur daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1870 km, havzasining maydoni 524 ming km². Chanbayshan yassitogʻligidan boshlanib, ManchjuriyaKoreya togʻlari, Sunlyao va Sanszyan tekisligidan oqadi. Asosan, yomgʻirdan toʻyinadi. Bahor va yozda toʻlib oqadi, kuchli toshqinlar boʻlib turadi. Oʻrtacha suv sarfi 2500 m³/sek. Noyab.dan aprelgacha muzlaydi. Girin shahrigacha kema qatnaydi. Yuqori qismida GES va suv omborlari qurilgan. S. vodiysida aholi zich yashaydi.

Sungari
Tavsif
Uzunligi 1 434
Suv sarfi 2 470 m³/s
Joylashuvi
Davlat Xitoy
Sungari