Bosh menuni ochish

Sunnat soʻzi (Arab tilidaسنة, سنت) „yurilgan yoʻl“ maʼnosini bildiradi, shuning uchun Paygʻambar sunnati deganda „Paygʻambar Muhammad s.a.v.s. bosib otgan yoʻl“ tushuniladi. Islomiy terminologiyada sunnat soʻzi sunniy islom olamida Muhammad s.a.v.s. pay`gambarning 23 yillik diniy rahbariyati davomida paygʻambarning har sohadagi amalga oshirgn faoliyat va harakatlarini bildiradi. Sunnat qoidalari islomiyatning dastlabki davrlarida paygʻambarning yoʻldoshlari(sahobalar) tarafidan va keyinchalik nasldan naslga oʻtib kelgan.