Suppletivizm (lot. suppletivis — toʻldiruvchi, qoʻshimcha) — turli oʻzakli yoki turli asosli soʻzlarning bir grammatik juftlikka (bir grammatik katorga) birlashuvi; bunda oʻzak yoki asoslar shaklan farqlanishiga karamay, lugʻaviy maʼno oʻzgarishsiz krladi, "soʻzlarning farqi" faqat grammatik maʼnolarni farqlashning grammatik usuli hisoblanadi. Masalan, oʻzbek tilida I va II shaxs birlik kishilik olmoshlarining "men", "sen" soʻzlari bilan, koʻpligining esa "biz", "siz" soʻzlari bilan ifodalanishi, rus tilida "ya"ning muayyan kelishiklarda "menya", "mne" shakllariga ega boʻlishi, nemis tilida gut (yaxshi) soʻzining kuchaytirma shakli besser (yaxshiroq) boʻlishi va boshqa S.ga misol boʻladi.