Supra
Supra (yoki sufra) — xamir yoyish, non yasash uchun moʻljallangan, odatda oshlangan teridan qilinadigan dasturxonsimon roʻzgʻor buyumi[1] „Supra qoqdi“ iborasi — katta ziyofat, toʻy va shu kabilardan keyin qolgan narsalar bilan kichik doiradagi yaqin kishilarni mehmon qilish va shunday mehmondorchilikning oʻzi[2].
Etimologiyasi
tahrirOʻzbek tilidagi supra soʻzi „sufra“ — asli pahlaviy tilidagi „istafr“ - اِسْتَفْرْ soʻzidan olingan boʻlib, keyinchalik arab tiliga oʻzlashgan. Dumaloq mazmunidagi nol soniga nisbatan ham aynan „sufra“ soʻzining qadimgi pahlaviy tilidagi varianti ishlatilgan. Sinonimlari — xon, sufra, dasturxon. Arab tilida supra soʻzi „Mafrash ul-moida“, yaʼni „yoyma dasturxon“ shaklida ishlatiladi. Qur’oni karimda „Moida“ surasi keltirilgan. Ayni shu surada insonlarga nimalar yeyish mumkin-u, nimalar harom qilingani haqidagi oyatlar mavjud. Sufra soʻzi boshqa soʻzlarga qoʻshilib, „keng maydon, maʼlum bir hudud“ mazmunida ham qoʻllanadi. Masalan, quloq suprasi.
Supraning maʼnolari koʻp boʻlib, „musofirning taomi, farishtalarning bandalar amallarini saqlovchi (qoʻriqlab turuvchi) dasturxon“ singari maʼnolarni ham anglatadi. Ikkinchi maʼnosiga koʻra qiyomat kuni bandalarga sufra yoyilib, nima amallar qilgani sufra dasturxonida koʻrsatiladi. Oxirida har bandaning gunoh yoki savobi darajasi oʻz sufrasidagi neʼmatlar bilan oʻlchanadi. Shu maʼnoda ehsonning ahamiyati koʻpligi aytiladi. Shuningdek, musulmon Sharqida „sufra unsiz qolmasin“ degan ibora ham uchraydi. Buning mazmuni esa hech vaqt nasiba, neʼmating uzilmasin, hamisha dasturxoning neʼmatli boʻlsin deganidir. Chunki sufraning muvakkillari, yaʼni qoʻriqchilari, uni saqlovchilari farishtalar boʻlar ekan. Hozirda ham Eronda Sufraxona degan soʻz mahalliy restoranlarga nisbatan qoʻllanadi.
Qoʻllanishi va tayyorlanishi
tahrirOʻzbekistonda supra asosan xamir yoyish, non yasash uchun qoʻllanadi. Supraning Oʻzbekiston viloyatlarida turli shakllari uchraydi. Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida asosan teridan, Toshkent, Fargʻonada matodan qilinadi.
Supra (sufra) dunyo xalqlarida
tahrirSupra yer ustida ovqatlanishga odatlangan xalqlar orasida, jumladan, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyoda dasturxon maʼnosida ham qoʻllanadi. Sufra yoki dasturxon atrofida oʻtirishning ham oʻziga xos odoblari mavjud. Masalan, turkiylar koʻpincha dasturxon atrofida toʻrt tizzani yerga qoʻyib (tizza ustida, tizzani bukib, choʻkkalab), oʻtirishadi. Eroniy xalqlar esa tovonning ustiga ikki oyoqni qoʻyib sufra (dasturxon) atrofida oʻtirishga odatlanishgan. (,,Chor zonu roʻyi zamin" — turklar odati, ,,Doʻ zonu roʻyi poshna" — eroniylar odatidir).
Oʻzbek adabiyotida
tahrirSupra (sufra) soʻzi mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz vakillari ijodida ham koʻp uchraydi. Masalan, A.Navoiyning,,Nasoyim ul-muhabbat" asarida: „Abubakr Folizbon Buxoriy Buxoroligʻdur. Buzurg ermish. Junayd q.s.ni koʻrubdur. Shayx ul-islom debdurki, Shayx Abu Buxorogʻa bordi, ani koʻrgali. Debdurki, ani bir uyda toptimki, bir eshigi bor erdi. Kirdim va salom qildim. Meni oʻlturtti va sufra kelturdi. Sufrada non erdi va yongʻoq va tuz“[3].
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |