Surʼat
Surʼat (musiqada) — musiqa asari ijrosining tezlik darajasi. Odatda, asarning mazmuni va umumiy harakteriga bogʻliq holda (muallif tomonidan) belgilanadi. Nota yozuvida 17-asrdan italyansa atamalar bilan (lotin alifbosida) koʻrsatila boshlagan. Asosiy S.lar (tezlanish tartibida) largo, lento, adajio (sekin S.lar), andante, moderato (oʻrtacha S.lar), allegro, allegretto, vivo, presto (tez S.lar). Dastlab, baʼzi S.lar musiqa asarlarining mazmunifodaviyligini bildirgan (mas, allegro — shoʻx, largo — vazmin, vivo — jonli va gʻ.k.), ularning ayrimlari hozirgacha shu maʼnoni saqlagan. Baʼzan, S.lar barchaga maʼlum janrlar inʼikosi sifatida ham koʻrsatiladi (mas, marsh, vals, polka va hokazo S.ida). Baʼzan maxsus nomi boʻlmagan, lekin ayni shu S.dagi pyesa yoki uning mustaqil qismlarining nomi boʻlib xizmat qilishi mumkin (mas, sonata allegrosi). Anik, S. muayyan vaqt (odatda, bir daqiqa) davomida ijro etilayotgan metr gʻissalarining soni bilan koʻrsatiladi. S.ni aniqoʻlchash uchun (mas, ogʻzaki anʼanadagi musiqa asarlarini notaga olishda) metronom ishlatiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |