Surdopedagogika (lot. surdus kar va pedagogika) – defektologiya tarmogʻi; kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus oʻqitish va tarbiyalash masalalarini ishlab chiqadi. S. ga kar yoki zaif eshituvchi bolalarni oʻqitish nazariyasi tarixi, kar va zaif eshituvchi bolalarning psixologik rivojlanish, oʻquv fanlarini oʻqitish, talaffuzni oʻrgatish va „lab bilan oʻqish“, mehnatga oʻrgatish, tarbiyaviy ishlar metodikalari kiradi. S. kar yoki zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini oʻrganib, maxsus oʻquvtarbiya jarayoni tuzilishining asoslarini, maxsus oʻquvtarbiya muassasalarini tashkil etish tartibkridalarini ishlab chiqadi. Fan asoslarini oʻrganish bilan zaif eshituvchi bolalarda ogʻzaki nutq shakllanib boradi. Zaif eshituvchilarga ogʻzaki nutqni oʻrgatish uchun soʻzlar talaffuz qilinganda nutq organlarining harakati koʻrsatiladi. Shu harakatlarga qarab zaif eshituvchilar tovush va soʻzlarni ajratib olishga, yaʼni „labga qarab oʻqishga“ oʻrganadi. Nutq harakatlarini takrorlashga oʻrgangan zaif eshituvchilar gapirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, karlar maxsus oʻquv alifbosi – daktilologiyasan foydalanib gapirishlari ham mumkin. Maxsus taʼlim sharoitida oʻquvchilarda i. ch. faoliyatining malaka va koʻnikmalari gʻosil qilinadi va normal hayotga tayyorlanadi. S. otolaringologiya, akustika, logopediya, umumiy pedagogika, tilshunoslik, psixologiya, fiziologiya bilan uzviy bogʻliq. S. boʻyicha ilmiy tadqiqotlar Oʻzbekistonda Toshkent pedagogika universitetining defektologiya ftida olib boriladi.