Suren Petrosovich Bogdasarov (1920- yil 10-may, Toshkent - 2009-yil 13-sentabr, Moskva) — sovet ogʻir atletikachisi va murabbiyi, SSSR chempionatining bronza medali sovrindori (1947). SSSR sport ustasi. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1957). Qizil Yulduz ordeni sohibi.

Suren Bogdasarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Suren Petrosovich Bogdasarov
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 10-may 1920-yil
Oʻzbekiston
Vafot sanasi 13-sentyabr 2009-yil
Sport
Qaysi sport Oʻgʻir atletika
Medallar

SSSR xizmat koʻrsatgan murabbiy
SSSR sport ustasi

Biografiyasi

tahrir

Suren Bogdasarov 1920-yil 10-mayda Toshkentda tugʻilgan. U 13 yoshida ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan. 1947-yilda engil vazn toifasida (67,5 kg gacha) SSSR chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi.

1954-yilda u Moskvaga koʻchib oʻtadi va u yerda Armiya markaziy sport klubida (CSKA) murabbiylik faoliyatini boshlaydi. 1956—1966-yillarda SSSR terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Suren Bogdasarov koʻplab shogirdlarni yetishtirdi, ular orasida Yuriy Vlasov eng mashhur shogirlaridan biri boʻlib,1960-yilgi Rim Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritti, shuningdek Yuriy Vlasov koʻp karra jahon va Yevropa chempioni edi.

Keyinchalik Suren Bogdasarov sportdagi natrijalari va tajribalarini targʻib qilish maqsadida jurnalistik va yozuvchik faoliyati bilan mashhur boʻldi. Koʻp yillar davomida u „Jismoniy madaniyat va sport“ jurnalida mualliflik  ruknini ostida materiallar tayyorlab ushbu ruknni boshqargan, unda u sogʻlom turmush tarzini targʻib qilgan va jismoniy kuchni rivojlantirish uchun ishlab chiqqan mashqlar toʻplamini tavsiya qilgan[1]. 2003-yilda uning avtobiografik „Eski murabbiyning eslatmalari“[2] kitobi nashr etilgan.

Suren Bogdasarov 2009-yil 13-sentyabrda Moskvada vafot etdi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir