Surishtiruv
Surishtiruv (OʻzRda) - jinoyat ishlarini tergov qilishning dastlabki davri. S. militsiya, harbiy qismlar, milliy xavfsizlik va davlat bojxona xizmati, chegarani qoʻriklash organlari kabilar tomonidan olib boriladi. Ularning protsessual faoliyati ustidan prokuror nazorati oʻrnatilgan (JPK, 38—39moddalar). S. jinoyatlarning oldini olish, sodir etilganiga oid dalillar tuplash, aybli shaxslarni qidirib topish va ushlash, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy ziyonni taʼminlashga qaratilgan. S. kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari va tezkor qidiruv choralaridan iborat. S. jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan boshlab 10 kungacha olib boriladi va ishni tergovchiga yuborish bilan tugallanadi. S.chi ish boʻyicha tergovchining topshiriklarini bajarishi shart (JPK, 339—343moddalar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |