Suriya ommaviy axborot vositalari

Suriyadagi ommaviy axborot vositalari – asosan televideniye, radio, internet, kino va bosma nashrlardan iborat. Suriyaning milliy tili arab tili boʻlsa-da, baʼzi nashrlar va eshittirishlar ingliz va fransuz tillarida ham efirga uzatiladi[1]. Televideniye Suriyadagi eng mashhur vosita boʻlsa-da, Internet kontentni tarqatish uchun keng foydalaniladigan vositaga aylangan. Nashrlar va eshittirishlar hukumat aʼzolari tomonidan nazorat qilinadi[1]. Barcha ommaviy axborot vositalari Axborot vazirligi nazorati ostida. 2013-yilgi Axborot vazirligi koʻrsatmalarining uchinchi moddasida barcha ommaviy axborot vositalarining maqsadi „Arab Sotsialistik Baʼath partiyasi va davlat siyosati“ning mafkuraviy taʼlimotlariga muvofiq „jamoatchilik fikrini yoritish“ ekanligi belgilangan[2].

Jamoat ommaviy axborot vositalari televideniye, matbuot, kino, radio va internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan iborat.

Televideniye

tahrir

Ham televideniye, ham radio uchun Suriya radio va televideniyesi bosh tashkiloti (ORTAS) deb nomlangan yagona asosiy teleradiokompaniya mavjud. U 1960-yilda tashkil etilgan va Damashqda joylashgan. Kanalda arab, ingliz va fransuz tillarida dasturlar mavjud[3]. Televideniye Suriyadagi eng mashhur ommaviy axborot vositasidir[4].

Matbuot erkinligi

tahrir

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti 2024-yilgi Matbuot erkinligi indeksida Suriyani dunyoning 180 mamlakati ichida 179-oʻrinda ekanligini bildirishgan[5]. Tashkilot 2022-yil uchun matbuot erkinligi barometrida 1 nafar jurnalist oʻldirilgani, 27 nafar jurnalist va 2 nafar OAV xodimi qamoqqa olingani haqida xabar bergan[6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 European Neighborhood Journalism Network. „Syria-media profile“ (2024-yil 29-noyabr). 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-mart.
  2. Sadiki, Larbi „15: Pro-Regime versus Oppositional Media: During the Revolution, 2011–2013“, . Routledge Handbook of the Arab Spring: Rethinking Democratization. Routledge, 2014 — 188, 189-bet. ISBN 978-0-415-52391-2. 
  3. European Neighborhood Journalism Network. „Syria-media profile“ (2024-yil 29-noyabr). 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-mart.
  4. „Country profile: Syria“. BBC News (2013-yil 30-yanvar).
  5. „Syria“. Reporters Without Borders (2024). 2024-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Syria | RSF“ (en). rsf.org. Qaraldi: 2022-yil 6-may.