Surxon tongi — oʻrtapishar tarvuz navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutining Surxondaryo tayanch punktida PK87 amerika namunasi populyatsiyasidan yakka tanlash usuli bilan chiqarilgan (B. Turdiqulov, V. F. Pivovarov, Ye. G. Dobrutskaya; 1997). Surxon tongi (tarvuz) oʻrtapishar tarvuzlar orasida eng tezpishar va shirin nav. Palagi uzunligi 3,0—3,5 m, barg shapalogʻi keng , yashil uzunligi 18—24 sm. Tarvuzni vazni 3,7—4,7kg dan 9–10kg gacha, shakli uzunchoq, yuzasi silliq, tusi och sariq, yuzasida tekis mayda toʻrsimon toʻq yashil dogʻlari bor. Poʻsti qattiq, eti qizil, sersuv, shirali, baʼzan tolali. Meva sharbati tarkibida 8,1% quruq modda, 7,0% qand mavjud. Urugʻi mayda, jigarrang , silliq. Urugʻi aprelmay oylarida ekiladi, unib chiqqanidan keyin 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 250—280 s/ga. Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida ekiladi.

Manbalar tahrir