Suv-tuz almashinuvi
Suv-tuz almashinuvi — odam va hayvonlar organizmida suv va tuzlarning qabul qilinishi, soʻrilishi, taqsimlanishi, ehtiyoji hamda ajralishi bilan bogʻliqjarayonlar majmui. Suv-tuz almashinuvi organizm ichki muhitidagi suyuqliklar miqdori, kislotaishqor muvozanati, ionlar tarkibi, osmotik miqdorning doimiyligini taʼminlaydi (qarang Gomeostaz). Dastlab tirik mavjudotlar okeanlarda paydo boʻlganligi uchun kupgina dengiz umurtqasizlarining ichki suyukliklari (asosiy ionlar boʻyicha) dengiz suvi tarkibiga oʻxshash. Evolyusiya jarayonida organizmda ichki muhit suyuqliklari tizimi shakllandi va ularda ion tarkibi hamda suv miqdorini bir meʼyorda saqlab turuvchi mexanizmlar rivojlandi.
Organizmdagi suvning umumiy miqdori boʻshliqichlilar guruhiga kiradigan hayvonlar (meduzalar)da 95— 98% atrofida, sut emizuvchilarda 60— 70% va hasharotlarda 45—65%. Odamda suvning umumiy miqdori gavda ogʻirligiga nisbatan 60%ni, hujayra ichi suyuqligida 40%, hujayra orasi suyuqligida 16%, tomir ichi suyuqligida 4,5% ni tashkil qiladi. Toʻqimalardagi fizik kimyoviy jarayonlarni ionlar (NaQ, KQ, Ca2Q, Mg2Q, Cl% SO4, HCOl va boshqalar) hamda mikroelementlar taʼminlaydi. Chuchuk suvda yashaydigan hayvonlarda elektrolitlar ichak ustki qobigʻi yoki ogʻiz va kloaka shilliq qavatlaridan soʻrilib, qon va limfa orqali organizm hujayralariga tarqaladi. Tuz tarkibi boʻyicha hujayra ichi va atrofi suyuqliklari tubdan farq qiladi; hujayra ichida KQ, Mg2Q va fosfatlar, hujayra atrofida NaQ, Sa2Q, S1 koʻp. Ionlardagi nomutanosiblik plazmatik membrana faolligi va hujayra kimyoviy komponentlariga ayrim ionlar bogʻlanganligi bilan bogʻliq. Hujayra ichida ham ionlar bir xilda tarqalmagan: NaQ sitoplazmaga nisbatan oʻzakda koʻproq. Sa2Q — mitoxondriyalarda. Organizmda tuzlar saqlanadigan joylar (depo) mavjud: suyak toʻqimasida Sa2Q, jigarda bir qator mikroelementlar toʻplanadi.
Suv almashinuvi osmoregulyasiyaning turiga bogʻliq, chunki u tuzlarning chiqaruv sistemasiga taʼsir koʻrsatadi. Koʻpgina chuchuk suvda hamda suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlarning ustki qobiklarida ionlarni sorbsiya qiladigan hujayralar boʻladi, dengiz gomoyosmotik hayvonlarida tuzlarni ekskretsiya qiladigan organlar (tuz bezlari, jabralarda joylashgan maxsus hujayralar) rivojlangan. Sut emizuvchilarda suv va tuzlarni nazorat qiladigan asosiy organ buyrak hisoblanadi.
Suv-tuz almashinuvia. nazorati maxsus reflektor sistemalar yordamida amalga oshiriladi, ulardan biri suyuqlik miqdorining oʻzgarishiga (volyumoregulyasiya), ikkinchisi esa osmotik miqdorning oʻzgarishiga (osmoregulyasiya) reaksiya beradi, bundan tashqari, ayrim ionlar miqdorini nazorat qiladigan maxsus sistemalar aniqlangan. Masalan, qon miqdorining kamayishi organizmda NaQ ushlab qoladigan vazopressin va aldosteron gormonlarining ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Qonda Sa2Q miqdorining koʻpayishi kalsitonin ishlab chiqarilishini kuchaytirib, ionning suyakka oʻtishi va buyraklar orqali ajralishini taʼminlaydi. Gipokalsemiya holati esa paratireoid gormon sekretsiyasini kuchaytiradi, bu omil Sa2Q ning suyaklardan rezorbsiya qilinishini taʼminlaydi va buyraklar orqali chiqarilishini kamaytiradi. Suvtuz gomeostazini taʼminlovchi aʼzo va sistemalar markaziy nerv sistemasi tomonidan nazorat qilinadi.
Muhsin Zokirov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |