Suv bilan davolash, gidroterapiya yoki gidromassaj — davolash, gigiyena va profilaktika maqsadida suvdan foydalanish. Bu muolaja qadimdan maʼlum. 19-asrga kelib ilmiy jixatdan asoslab berildi. Suv bilan davolashd. muolajalari dush vannalar, yuvinish, badanni xoʻl sochiq bilan ishqalab artish, boshdan suv quyish, hoʻl choyshabga oʻralib yotishdan iborat.

Suv bilan davolashd.da teridagi nerv oxirlari (retseptorlar)ga suvning temperatura, mexanik va kimyoviy omillari taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsirotlar reflektor ravishda markaziy nerv sistemasi orkali organizmning barcha aʼzolari va sistemalarida javob reaksiyasini paydo qiladi. Xususan, kasal aʼzoda juda kuchli reaksiya paydo boʻladi. Garchi koʻpchilik suv muolajalarini uy sharoitida mustaqil ravishda oʻtkazish mumkin boʻlsada, biroq ularni faqat vrach tavsiya etishi lozim. U har bir bemor organizmining funksional imkoniyatlariga va reaktivligiga mos keladigan muolajalarni tanlab beradi. Suv bilan davolashd. muolajalarida suv temperaturasi ning qoʻzgʻatuvchi taʼsiri asosiy oʻrinni egallaydi. Muolaja uchun sovuq suv (20° gacha), salqin, yaʼni indifferent suv (20—33°), iliq (37—39°) va issiq suv (40—42°) ishlatilishi mumkin. Tra omilining taʼsiri odam gavdasi bilan suv oʻrtasida issiqlik energiyasi almashinuvi sodir boʻlishiga asoslangan. Suv bilan davolashd.ning asosiy maqsadlaridan biri tabiiy omillardan foydalaniladigan boshqa davo usullaridagi kabi organizmni tetiklantirishdan iborat. Bunga muolajani toʻgʻri dozalash yoʻli bilan erishiladi.

Teriga sovuq va salqin suv bilan taʼsir qilinganda undagi mayda tomirlar siqiladi, issiqlik yoʻqolishi kamayadi. Teri tomirlarining torayishi qon oqishiga qarshilikni kuchaytiradi, bu esa yurak qisqarishlarini tezlashtiradi va zoʻraytiradi, qon bosimi bir oz oshadi. Sovuq suv nerv sistemasiga qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi. Bunda teri oqaradi va ushlab koʻrilganda sovuq tuyuladi (reaksiyaning birinchi fazasi). Sovuq suv bilan taʼsir qilish davom ettirilaversa, terining toraygan tomirlari kengayadi, bunda tomirlar devori muskulaturasi tonusi oshadi va qon oqimi tezlashadi. Bu organizmning issiqlik yoʻqotishiga va moddalar almashinuvining kuchayishiga olib keladi. Teri qizaradi va ushlab koʻrganda iliq tuyuladi (reaksiyaning ikkinchi fazasi). Bemor ilib, juda rohatlanadi, yengil tortadi va tetik boʻladi. Sovuq va salkin suv taʼsirini mexanik taʼsirot — ishqalash, uqalash bilan qoʻshib olib borilsa, rohatbaxsh sezgi paydo boʻladi.

Indefferent, yaʼni gavda temperaturasiga yaqin temperaturadagi suv tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, biroq muolajaning uzoq davom etishi odamni xrldan toydiradi.

Iliq suv nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquning yaxshilanishiga yordam beradi.

Issiq suv taʼsirida dastlab teri tomirlari qisqa muddatga torayadi. Bunda yurak urishi tezlashadi, kon bosimi bir oz oshadi, koʻp ter chiqadi. Keyin teri tomirlari juda kengayib ketadi, biroq tana ancha issiq suv ichida boʻlganidan issiklik ajralmaydi. Bu muolajada yurak tomir sistemasiga zoʻr kelishi sababli qon aylanishining buzilishi, stenokardiya, gipertoniya kasalligida, shuningdek, roʻyi rost aterosklerozda issiq suv muolajalari buyurilmaydi.

Suv bilan davolashd.da temperatura taʼsirini, muolaja davomliligini, taʼsir etish maydonini oʻzgartirish yoʻli bilan organizmning qator aʼzolari va sistemalarida turli reaksiyalarni paydo qilish mumkin.

Suv bilan davolashd. muolajalarida temperatura omili bilan bir katorda mexanik omil — suv bosimi (umumiy vanna qabul qilishda) va uning oqimidan gʻam (dush, choʻmilishda) foydalaniladi. Buning taʼsirida maʼlum darajada terida va ichki aʼzolarda qon aylanishi oʻzgaradi; teri venalari bosiladi va yurakka qon oqib kelishi ancha ortadi va qorin boʻshligʻidan qon oqib ketishi kuchayadi. Zarurat boʻlganda (davo maqsadiga qarab) mexanik qoʻzgʻatishni qoʻshimcha tazyiq — uqalash, massaj yoki suvni tegishli bosim ostida yuborishga imkon beradigan maxsus moslamalar qoʻllash yoʻli bilan kuchaytirish mumkin.

Oddiy (chuchuk) suvning kimyoviy qoʻzgʻatuvchi taʼsiri juda kam, mineral suvlar, dengiz suvi (qarang Balneoterapiya), shuningdek, davo maqsadida terini taʼsirlash uchun moddalar (turli ekstratlar va boshqalar) qoʻshilgan suv ancha kuchli taʼsir koʻrsatadi.

Suv bilan davolashd. organizmni chiniqtirish, shuningdek, baʼzi kasalliklarni davolashda yaxshi naf beradi. Mas, sovuq suv bilan oʻtkaziladigan muolajalar nerv va yuraktomir sistemasi funksiyasining baʼzi buzilishlarida, moddalar almashinuvini oshirish maqsadida (mas, yogʻ bosishda) buyuriladi. Issiq Suv bilan davolashd. turli surunkali yalligʻlanish kasalliklarida qoʻllanadi (yana qarang Vannalar).