Suv chayonlari
Suv chayonlari (Nepidae) — qandalalar oilasi. Uzunligi 15—50 mm, qorin boʻlimining keyingi uchida uzun nafas olish nayi bor. Oldingi oyoklari tutqichga aylangan. 200 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda 2 turi tarqalgan. Oʻsimliklarga boy oqmaydigan yoki sekin oqadigan suv havzalarida uchraydi. Yirtqich, mayda suv hayvonlari, jumladan, baliq chavoqlarini yeb, birmuncha ziyon yetkazadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |