Suv gazchilari — qandalalarning bir necha oilasi (choʻpsimon suv gazchilari, veliyalar, haqiqiy suv gazchilari). 700 ga yaqin, Oʻzbekistonda 10 dan ortiq turi maʼlum. Suv yuzasida, baʼzan nam yoʻsinlar orasida va qirgʻokda yashaydi. Koʻpchilik turlari chuchuk suvlarda, bitta urugʻiga mansub turlari tropik va subtropik dengizlarda yashaydi. Mayda Sg . suvoʻtlar orasida, yirik turlari ochiq suv yuzasida sirpanib harakatlanadi (nomi shundan olingan). Suv yuzasiga tushib qolgan umurtqasizlar va ularning murdalari bilan ozikdanadi. Suv oʻsimliklariga tuxum qoʻyadi.