Suv hovuzi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Suv hovuzi — Kattaqoʻrgʻon tuma"idagi shaharcha (1947-yildan). Tumanning jan.da, Kattaqoʻrgʻon shahridan 5 km, tuman markazi (Payshanba)dan 15 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — "Kattakoʻrgʻon" (5 km). Aholisi 5,9 ming kishi (2000). Aholining asosiy qismi Kattaqoʻrgʻon suv ombori bilan bogʻliq suv xoʻjapigi tashkilotlarida ishlaydi. Shaharchada 2 umumiy taʼlim maktabi (1100 dan ziyod oʻquvchi), kutubxona, klub, tikuvchilik sexi, kasalxona (20 oʻrin), feldsherakusherlik punkti, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |