Suv muhofaza oʻrmonlari - suv manbalari va havzalarini ifloslanish va loyqa bosishdan saqlash, suv zaxiralarini koʻpaytirish, ularning muntazam toʻyinishini taʼminlashga xizmat qiladigan tabiiy va maxsus barpo etilgan oʻrmonzorlar. Suv muhofaza oʻrmonlarioʻ. shuningdek, suvni tartibga solish va tuproqni himoya qilish vazifasini ham bajaradi; tuproqni shamol va suv eroziyasidan saqlaydi; shamol tezligini pasaytiradi, namlikning tuproq ostiga oʻtishini kuchaytiradi; selnpng oddini oladi; tuproq eroziyasi mahsulotlarini ushlab qolib, havo va suvni tozalaydi. Suv muhofaza oʻrmonlarioʻ. suv oqimi oʻzgaruvchanligini kamaytiradi; bu bilan gidrotexnika inshootlari va GESlarning muntazam ishlashiga, shahar va aholi punktlarini ichimlik suv bilan, qishloq xoʻjaligi.ni sugʻorish suvi bilan barqaror taʼminlashga imkon beradi. Suv muhofaza oʻrmonlarioʻ. 1 guruh oʻrmonlariga kiritiladi. Oʻrta Osiyo hududida asosiy daryolarning oqimi togʻlarda hosil boʻladi, shu sababli togʻ oʻrmonlarining ahamiyati, ayniqsa, katta. Oʻsimliklar va koʻp miqdorda nam singdiradigan xazon toʻshamalarigina togʻlarga yogʻadigan yogʻinlarni, ayniqsa jala yomgʻirlarini tutib qolishi mumkin. Tajribalarda suv havzasi maydonida daraxtzorlarning 10% koʻpayishi oqimni 12–17 mm orttirishi aniklangan. Oʻrta Osiyo togʻlarida oʻrmonlar kam: togʻlarning oʻrmonlar bilan qoplanish darajasi 2,47%, jumladan, Oʻzbekistonda 2%, Qirgʻizistonda 4,2%, Tojikistonda 1,8%, Turkmanistonda 0,8%, Janubiy Qozogʻistonda 2,5% ni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu mintaqada oʻrmonlarni muhofaza qilish va yangi oʻrmonzorlar barpo etish masalasi juda katta ahamiyatga ega. 1880-yilda Samarqand (Omonqoʻton)da N.I.Korolkov, 1889-yilda Toshkent viloyati (Oqtosh)da S.Yu.Rauner birinchi marta Oʻrta Osiyodagi togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonzorlar tashkil etishga asos soldilar. Bu oʻrmonzorlar hozir ham mavjud. Archa, pista, yongʻoq, bodom, qora archa va boshqa togʻlardagi asosiy daraxtlar hisoblanadi. Ekologik ahamiyati katta boʻlgan archazorlar bal. 1200 dan 3000 m gacha boʻlgan togʻlarda oʻsadi. Oʻrta Osiyoda tabiiy archazorlar 492,8 ming ga dan ortiq, jumladan, Oʻzbekistonda 192,5 ming ga, Qirgʻizistonda 151,8 ming ga, Tojikistonda 124,7 ming ga, Turkmanistonda 23,8 ming ga maydonni, togʻ yon bagʻirlarida ekilgan archazorlar 5000 ga dan ziyod maydonni egallaydi.

Oʻrmon daraxtlari koʻchatlari maxsus koʻchatxonalarda yetishtiriladi. Togʻ yon bagʻirlarida terassalar tayyorlash, koʻchatlar oʻtqazish uchun mashina va mexanizmlar kompleksi keng qoʻllanadi.

Toe oʻrmonzorlarini muhofaza qilish va kengaytirishda qoʻriqxonalarning ahamiyati katta (qarang Zomin togʻoʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Nurota davlat qoʻriqxonasi). Ihota daraxtzorlari daryo yoqalarida, yirik magistral kanallar (Janubiy Mirzachoʻl, Katta Fargʻona, Qarshi, AmuBuxoro mashina kanali, Qoraqum va h.k.), xoʻjaliklararo va xoʻjalik kanallari boʻyida, suv omborlari (Qayroqqum, Kattaqoʻrgʻon, Janubiy Surxon, Chorvoq, Tuyaboʻgʻiz va boshqalar) atroflarida tashkil qilingan. Qirgʻoq boʻylari va qayirlarda, asosan, jiyda, terak, tol, qayragʻoch va boshqa ekiladi.

Ad.:Xanazarov A.A., Molderf B.C., Texnologicheskiye osnovi sozdaniya zashitnix lesnix nasajdeniy v gorax, T., 1988.

Abdushukur Xonazarov.